"Jirona"da "Real"ga qarshi o'yindan oldin jiddiy muammolar yuzaga keldi

Alisher
4 fev 2024, 15:05
"Jirona" bosh murabbiyi Michel "Real"ga qarshi La Liga 24-tur doirasidagi o'yinda jamoasini boshqara olmaydi.

Mutaxassis "Real Sosedad" (0:0)ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.

Bundan tashqari, "qirollik klubi"ga qarshi o'yinni Deyli Blind va Yanxel Errera o'tkazib yuboradi. Ikkisida ham sariq kartochkalar yig'ilib qolgan, shu sabab ular La Liga doirasidagi bitta o'yinni o'tkazib yuborishadi.

Eslatib o'tamiz, "Real" – "Jirona" o'yini 10 fevralda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia