

Samarqandning "Dinamo" klubi o'z legioneri Francisko Ferreyra bilan xayrlashdi. Futbolchi ikki yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etadi.
"Barchasi uchun rahmat, Ratinio!
"Dinamo" jamoasi safidagi o'yinlari orqali muxlis va mutaxassislar e'tiboriga tushgan Ratino ikki yillik faoliyatidan keyin jamoamiz bilan xayrlashdi.
2024 yil boshida Braziliya quyi ligasidan jamoamizga kelib qo'shilgan Francisko Ferreyra ajoyib o'yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona oldi. Vadim Abramov boshqaruvida "Dinamo" yetakchilaridan biriga aylangan braziliyalik yarimhimoyachi 2024 va 2025 yil yakunlariga ko'ra, ketma-ket ikki yil PFL tomonidan Superliga ramziy jamoasiga kiritildi. Jamoamizda liganing eng yaxshi legionerlaridan biriga aylangan Ratinio bilan amaldagi kelishuv nihoyasiga etgach, u o'z faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi.
"Dinamo" PFK Ratinioning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi. Ishonamizki, Samarqand – uning ikkinchi uyi bo'lib qoladi va Dinamo eshiklari uning uchun doim ochiq.
Hammasi uchun rahmat, Ratinio!", -deyiladi Samarqand klubi xabarida.
Ma'lumot uchun, saytimizda 9 dekabr kuni Ratino "Neftchi"ga o'tishi xabar qilingandi. Futbolchi vodiyliklar bilan ikki yillik shartnomaga qo'l qo'ygan.
Breaking! Ratino faoliyatini vodiyda davom ettiradi



