Rasman: Diego Maradona Brestning “Dinamo” klubiga prezident bo'ldi

16 may 2018, 07:50
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi va murabbiyi Diego Maradona Brestning “Dinamo” klubi bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi.

“Shartnoma imzoladim, endi “Dinamo” Brestning prezidenti lavozimida ishlayman. Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman”, – deya yozadi Maradona Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Maradona klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi ishiga Rossiyadagi JCH yakunlanishi bilan ishga kirishadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Maradona “Dinamo”ga murabbiy yoki sport direktori bo'lib kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Марадона Instagram ижтимоий тармоғидаги саҳифаси