Rasman: De Ligt – "Bavariya" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
19 iyul 2022, 21:16
Myunxen klubi Turinning "Yuventus" jamoasi himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olganini e'lon qildi.

Shartnoma 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, transfer summasi 70 million + 10 million evro bonuslarni tashkil etadi.

22 yoshli niderlandiyalik futbolchi o'tgan mavsum "Yuventus" safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com