Rasman: “Chelsi” Rahim Sterling transferini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2022, 21:24
London klubi matbuot xizmati ingliz futbolchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Avvalroq kelishuv 47,5 million funt va 2,5 million bonusni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.

Sterling yangi jamoasida haftasiga 310 ming funt maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Sterling 2015 yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p tepib kelayotgadi. Klub safida futbolchi to'rt marta Angliya chempionligi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, bir marta mamlakat kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: chelseafc.com