Rasman: "Chelsi" futbolchisi Italiya chempionatiga o'tdi

Alisher
12 iyun 2019, 19:20
Londonliklar himoyachisi Ola Ayna "Torino"da qoladigan bo'ldi.

Italiya klubi "Chelsi"dan 22 yoshli futbolchini xarid qildi. Bitim narx taxminan 10 million evroga baholanmoqda.

Turinliklar nigeriyalik futbolchini o'tgan yozda ijaraga olishgan edi. Futbolchi A Seriyada 30ta o'yinda qatnashib, 1ta gol va 4ta assistga erishdi.

O'yinchi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ayna 2017-2018-yillarda "Xall Siti"da, 2018 yildan hozirgacha esa "Torino"da ijara asosida to'p tepib kelayotgan edi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: torinofc.it