Rasman: "Borussiya" Kobelning transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
31 may 2021
Dortmundliklar Gregor Kobelning transferini e'lon qildi. "Shtutgart" darvozaboni "asalarilar" klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi.

Kobel Germaniya chempionatining eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Futbolchi asosiy darvozabon o'rnini egallashi kutilmoqda.

"Borussiya" posbon uchun 15 million evrodan voz kechgan, deya taxmin qilinmoqda. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Dortmundliklar darvozasini Roman Byurki hamda Marvin Xic qo'riqlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football24