Rasman: “Borussiya D” jamoa sardori bilan kelishuvni uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
20 may 2020, 20:25
Lukash Pishchek dortmundliklar safida 2021 yilning yozigacha qoladi.

Polshalik fulbek shatnomasi tugagandan keyin faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.

34 yoshli futbolchi 2010 yil “Gerta”dan erkin agent sifatida “arilar” tarkibiga kelib qo'shilgan. U jamoa bilan 2 martadan Bundesliga chempionligi va Germaniya Superkubogida zafar qozongan.

Himoyachi joriy mavsum “sariq-qoralar” tarkibida 30 o'yinda qatnashdi va o'z hisobiga 1+4 natija yozdirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bvb.de