Rasman: "Ayaks" 22,5 million evrolik transferni e'lon qildi

Alisher
8 yanv 2021
Hujumchi Sebastyan Aller "Ayaks" o'yinchisiga aylandi.

Niderlandiya klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, "Vest Xem" forvard uchun 22,5 million evro oladi. Aller "Ayaks" bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

26 yoshli forvard jamoada 22-raqam ostida to'p tepadi.

"Vest Xem" 2019 yilning yozida Aller uchun 50 mln evro to'lagan va bu klub tarixidagi rekord transfer bo'lgan edi.

Aller joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl