Rasman: "Arsenal" Unai Emerini iste'foga chiqardi

Alisher
29 noya 2019
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri iste'foga chiqarildi.

Jamoani vaqtinchalik Fredrik Yungberg boshqaradi.

"Arsenal" kecha Yevropa ligasi 5-tur doirasidagi "Ayntraxt" (1:2)ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradi va g'alabasiz seriyasini 7 o'yingacha uzaytirgdi. Bu "to'pchilar"ning so'nggi 27 yildagi eng yomon seriyasidir.

Emeri o'tgan yilning may oyida "Arsenal"ga kelgandi.

"Arsenal" APLda 13 turdan so'ng 18 ochko jamg'argan holda jadvalda 8-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com