Rasman: APL 22-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Arsenal" uchrashuvi qoldirildi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2022, 00:49
APL rasman ushbu qarorni qabul qildi.

Angliya Premer ligasi 2021-2022 yilgi mavsumidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv koronavirus, jarohatlar va Afrika Kubogiga ketgan futbolchilar sabab boshqa sanaga qoldirildi. Bu haqida APL rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

O'yin "Tottenxem Xotspur" stadionida 16 yanvar kuni o'tkazilishi kerak edi. Ammo APL ushbu o'yinni boshqa sanaga ko'chirishga qaror qildi. Uchrashuv o'tkaziladigan yangi sana tez orada ma'lum qilinadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.premierleague.com