Rasman: Anxel Gomes "Manchester Yunayted"dan ketdi

Alisher
5 avg 2020, 11:13
MYUning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi Anxel Gomes klubdan ketdi.

Futbolchi APLda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'lgan edi. U 16 yoshida Joze Mourinyu qo'l ostida debyut qilgan.

Gomes Ole-Gunnar Sulsher murabbiyligida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. U "Chelsi"ga o'tishi mumkin, unga Frenk Lempardning shaxsan o'zi qiziqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Gomes MYUdan ketganidan so'ng "Lill" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: goal.com