Rasman: "Manchester Yunayted"ning yosh futbolchisi klubdan ketdi

Alisher
2 iyul 2020, 15:12
Yosh yarim himoyachi Anxel Gomes ortiq "Manchester Yunayted" futbolchisi hisoblanmaydi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

19 yoshli angliyalik futbolchi "qizil iblislar" bilan tuzilgan shartnomacini uzaytirmadi. Shartnoma 30 iyunga qadar mo'ljallangan edi.

Shu sababdan Anxel Gomes "Old Trafford"dan erkin agent maqomida ketdi. Qayd etish kerakki, Gomes "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U manchesterliklarning asosiy jamoasida 10ta o'yin (ulardan 3tasida asosiy tarkibda)da maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd