Rasman: Anvar Berdiev - "Turon" bosh murabbiyi!

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022
"Turon" yangi bosh murabbiyini ma'lum qildi.

Faoliyati davomida “Nasaf", "Bunyodkor" va "Neftchi" kabi nomdor klublarda o'zining yorqin o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan taniqli mutaxassis Anvar Berdiev "Turon" bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

U bugunga qadar "Istiqlol" va "Buxoro" klublarining bosh murabbiyi lavozimida ish olib borgan. Shuningdek, Anvar Berdiev milliy chempionatlarimizda 500 tadan ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi sifatida tarixda qolgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Турон" футбол клуби матбуот хизмати