

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berildi.
"Uning futboldagi katta tajribasi va bilimlari bilan jamoamiz yangi marralarni zabt etishiga ishonamiz. Oldinda bizni mas'uliyatli o'yinlar, muhim sinovlar va albatta g'alabalarni kutmoqdamiz", – deyiladi xabarda.
56 yoshli mutaxassisning "Buxoro" bilan qancha muddatga shartnoma tuzgani, umuman, o'tish tafsilotlari xususida ma'lumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oy Ulug'bek Bakaev bosh murabbiylikdan ketgan va buxoroliklarni vaqtincha Viktor Karpenko boshqarib kelayotgan edi.



