Rasman: Anchelotti APL klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
21 dek 2019, 16:31
Yaqindagina "Napoli"dan ketgan Karlo Anchelotti "Everton" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tomonlar 2023/24 yilgi mavsum so'nggi qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekishdi. Italiyalik mutaxassis bundan bir necha kun oldin "Napoli" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.

Anchelotti uchun APL begona emas. U 2009-2011 yillar davomida "Chelsi"ni boshqargan va APL chempioni bo'lgan. 

Ma'lumot uchun, "Everton" Liverpul shahri sharafini himoya qiladi. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Everton