Rasman: Aleks Oksleyd-Chemberlen “Beshiktosh” futbolchisi

Alisher
15 avg 2023
"Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen “Beshiktosh”ga o'tdi.

Futbolchi yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 29 turk klubi bilan shartnoma imzolagani uchun 1,5 million evro ishlab oladi. Futbolchining yillik maoshi esa 2,5 million evroni tashkil etadi.

U "Liverpul" safida 146 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "Arsenal" va "Sautgempton" klublarida ham o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com