

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoani yangi mavsumga tayyorlab kelayotgan mahalliy murabbiy Nozim Mullaoxunov rahbariyat tomonidan kutilmaganda iste'foga chiqarilgan.
Aytishlaricha, Andijon viloyati hokimi Kubogi final uchrashuvi yakuniga etgach Mullaoxunov jamoa bilan xayrlashgan. Ma'lumot uchun “Rash-Milk” “Hokim Kubogi-2019” turniri finalida “Navbahor” yoshlar jamoasini mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.
Hozirda jamoa mashg'ulotlarini o'ynovchi murabbiy Asror Rahmonov o'tib kelmoqda. Ertaga shahrixonliklar Bo'ston dahasidagi “BO'FM” maydonida Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazishga kelishib olgan.




