

Timur Kapadze boshchiligidagi milliy tyerma jamoa 5 iyun kuni JCH 3-saralash bosqichi 9-turi doirasida BAAga safar uyushtiradi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu-Dabidagi "Al Nahayyon" stadionida boshlanadi. Bir muddat avval saytimizda tyerma jamoa BAAga ertaroq yo'l olishi haqida xabar byerilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, tyerma jamoa 29 may kuni BAAga yo'l oladi. Bunday qarorning asosiy sabablari muhim bahsga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish va legionyerlarning tyerma jamoa ixtiyoriga ertaroq yetib kelishidir.
Xo'sh, xorijda to'p tepayotgan futbolchilarning klublari rejalashtirilayotgan yig'in vaqtiga kelib so'nggi uchrashuvini qachon o'tkazadi?
O'tkir Yusupov, Jaloliddin Masharipov va Oston Urunov to'p tepayotgan Eron chempionati 15 may kuni yakunlanadi. So'nggi 30-tur bahslari bir kunda o'tkazilishi rejalashtirilgan, ammo "Istiqlol" Eron Kubogidagi ishtirokini davom ettirmoqda.
15.05.2025. 30-tur
"Malavan" - "Fulad"
O'tkir Yusupov (Fulad)
24.05.2025. Eron Kubogi 1/2 final
"Istiqlol" - "Sanat Naft"
Jaloliddin Masharipov (Istiqlol)
15.05.2025. 30-tur
"Pyersepolis" - "Havador"
Oston Urunov (Pyersepolis)
Rossiya chempionatining so'nggi 30-turi esa 24mayda o'tkazilishi rejalashtirilgan, ammo SSKA Rossiya Kubogi yarim finali doirasida "Zenit" bilan to'qnash keladi, agar Fayzullayev jamoasi yarim finalda "Zenit"ni yuta olsa, Supyerfinal(final) bahsida ishtirok etadi. Supyerfinal esa 1 iyun kuni "Lujniki" stadionida o'tkaziladi. SSKA Supyerfinalda ishtirok etadigan bo'lsa, katta ehtimol bilan Fayzullayev tyerma jamoa safiga 2 iyundan keyin qo'shiladi.
24.05.2025. 30-tur
SSKA - "Pari NN"
Abbosbek Fayzullayev (SSKA)
24.05.2025. 30-tur
"Rubin" - "Orenburg"
Rustam Ashurmatov (Rubin)
Turkiya chempionati esa 1 iyun sanasida yakunlanadi. So'nggi 38-tur yozning dastlabki kunida o'tkaziladi. Husniddin Aliqulov va Azizbek Turg'unboev tyerma jamoa safiga 2 iyundan keyin qo'shilishsa kyerak.
01.06.2025. 38-tur
"Rizespor" - "Xatayspor"
Husniddin Aliqulov (Rizespor)
01.06.2025. 38-tur
"Sivasspor" - "Alanyaspor"
Azizbek Turg'unboev (Sivasspor)
"Roma" esa mavsumni 25 may sanasida "Torino"ga qarshi bahs bilan yakunlaydi. Hujumchimiz tyerma jamoa yig'iniga o'z vaqtida yetib kelishi kutilmoqda.
25.05.2025 38-tur
"Roma" - "Torino"
Eldor Shomurodov (Roma)
APLda so'nggi 38-tur 25 may kuni o'tkaziladi. Husanov jamoasi mavsumni "Fulxem"ga qarshi bahs bilan yakunlaydi.
25.05.2025. 38-tur
"Fulxem" - "Manchestyer Siti"
Abduqodir Husanov (Manchestyer Siti)
Saudiya Arabistoni chempionati 26 may kuni yakunlanadi. So'nggi 34-turda "Al-Fayha" "Al Shabab" jamoasi bilan to'qnash keladi. Demak, Otabek Shukurov ham tyerma jamoamiz ixtiyoriga o'z vaqtida yetib kela oladi.
26.05.2025. 34-tur
"Al Fayha" - "Al Shabab"
Otabek Shukurov (Al Fayha)
"Al Vahda" esa mavsumni 12 may kuni "Dibba" jamoasiga qarshi yakunlaydi.
12.05.2025. 24-tur
"Al Vahda" - "Dibba"
Hojimat Erkinov (Al Vahda)
Bobir Abdiholiqovning klubi "Sumgait" mavsumni 24 may kuni "Sabail"ga qarshi bahs bilan yakunlaydi.
24.05.2025. 36-tur
"Sabail" - "Sumgait"
Bobir Abdiholiqov (Sumgait)
Turkiya chempionatida to'p tepayotgan futbolchilarimiz katta ehtimol bilan tyerma jamoamiz yig'iniga kechro qo'shilishadi. Qolgan barcha legionyerlar tyerma jamoa yig'iniga o'z vaqtida qo'shilishi kutilmoqda.
Agar SSKA va "Istiqlol" o'z mamlakatlarining Kubok musobaqasidagi ishtirokini davom ettiradigan bo'lsa, Fayzullayev va Masharipov ham yig'inga kechroq qo'shilishi mumkin.

BAAda yig'in o'tkazish xavfli emasmi?
Raqibimiz Amirlik jamoasi bo'la turib, tyerma jamoa mezbon mamlakat hududida yig'in o'tkazishi bir nechta savollarni yuzaga keltirmoqda. Eng asosiy muammolardan biri - xavfsizlik masalasi. Yani raqib MTJning mashg'ulotlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishi. Bunga qadar tyerma jamoamiz Qatarda yig'in o'tkazgan edi. Bu safar esa BAA navbatdagi yig'in manzili sifatida tanlandi. Shuningdek, mezbonlar tomonidan tyerma jamoamizga turli xil noqulayliklar yaratilishi ehtimoli ham yo'q emas.
Misol uchun, O'zbekiston tyerma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan 2020 yilgi intyervyusida JCH-2018 saralash bahslaridagi raqibim Eron jamoasining yig'inlarini yordamchilari orqali kuzatib borganini ma'lum qilgan edi:
"Biz o'sha vaqtda Eronni o'z uyimizda mag'lub etishga qodir edik. Keyrush o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgandi. Eron Toshkentdagi uchrashuvga tayyorgarlikni Yerevanda olib borgan edi. Men esa yordamchilarimni Yerevanga jo'natgan edim va biz ehtiyotkorlik bilan raqibning tayyorgarlik jarayonini kuzatib borganmiz. Eronning taktik rejasi himoyaviy futbolga ixtisoslashgani ayon bo'lgan. Yerevandagi taktik mashg'ulotlarda Eron to'liq e'tiborini himoyaviy futbolga qaratgan edi. Biz ma'lumotlarga ega edik" - deya aytib byergan Samvel Babayan.
Shu sababli BAAda yig'in o'tkazish biroz xavflidek. Har bir jamoa raqib haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni istaydi va tabiiyki shunday imkoniyat paydo bo'lsa, undan foydalaniladi. Bunday xavflarning oldini olish uchun Assotsiatsiya xavfsizlik masalasiga jiddiy yondashishi kyerak bo'ladi.
Nega yig'in BAAda tashkil etilmoqda?
Tyerma jamoamiz o'yindan bir hafta avval BAAga yetib boradi. Bundan maqsad legionyerlarning tyerma jamoa ixtiyoriga ertaroq yetib kelishi va muhim bahsga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish. Reja bo'yicha tayyorgarlik Dubay Amirligida joylashgan "Jebel Ali" bazasida o'tkaziladi. "Jebel Ali" bazasi Dubaydan 44 kilometr uzoqlikda joylashgan hudud.
"Jebel Ali" bazasi xususiy hudud hisoblanadi va majmua atrofida baland binolar yo'q. Ushbu jihatlar, mashg'ulotlar begona shaxslar tomonidan kuzatilib borish xavfini oldini oladi. Ma'lumotlarga ko'ra, majmua xavfsizligini nazorat qiladigan kamyeralar ham MTJ mashg'ulot o'tkazayotgan vaqti tasvirga olmasligi ko'zda tutilgan.
Aslida qayerda yig'in o'tkazish masalasida bir nechta variantlar mavjud bo'lgan. "Jebel Ali" variantidan tashqari, Abu-Dabining o'zida joylashish masalasi ham ko'rib chiqilgan, ammo Abu-Dabiga mehmonxonalar tyerma jamoa talablariga to'g'ri kelmagan.
MTJda bundan tashqari yana uchta mamlakatda yig'in o'tkazish varianti bo'lgan.
Birinchi variant - Qatar.
Tyerma jamoamiz so'nggi yig'inini Qatarda o'tkazgan edi va umuman olganda Qatar so'nggi yillarda ko'plab tyerma jamoalarning yig'in o'tkazish manziliga aylangan. Osiyo Kubogi kabi mintaqamizning eng katta musobaqalariga mezbonlik qilgan.
Ikkinchi variant - Iordaniya.
Osiyo kubogi finalchisi tyerma jamoamizga Ammanda nazorat uchrashuvi o'tkazishni taklif etgan, ammo "sparring" o'yinida ishtirok etish va Iordaniyada tayyorgarlik olib borish g'oyasi Timur Kapadzega yoqmagan.
Uchinchi variant - O'mon.
Tyerma jamoamizda O'monda tayyorgarlik ko'rish varianti ham bo'lgan, faqat O'mon tyermasiga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etish sharti bilan.

O'yin ahamiyati va chipta masalasi
BAAga qarshi uchrashuv futbolimiz tarixidagi eng muhim voqeiyliklar biri bo'lishi kutilmoqda. Tyerma jamoamiz Abu-Dabida durang natija qayd etsa ham mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Uchrashuv katta ahamiyatga ega ekanligi tufayli ko'plab o'zbekistonlik muxlislar tyermani BAAga qarshi safar uchrashuvda qo'llab-quvvatlash istagini bildirishmoqda, ammo OFK reglamentiga ko'ra mehmon jamoa uchun bor-yo'g'i umumiy sotuvga chiqadigan chiptalarning bor-yo'g'i sakkiz foizi taqdim etiladi. Bu esa o'zbekistonlik futbol muxlislarining uchrashuvga chipta xarid qilish masalasini qiyinlashtiradi. O'FA tyerma jamoalar bo'limi rahbari chiptalar xaridi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammo haqida fikr bildirdi.
"Biz Amirliklar assotsiatsiyasiga reglamentga muvofiq stadion sig'imining sakkiz foiziga teng chiptalarni sotib olish bo'yicha so'rov yubordik, biroq hozirgacha ulardan tasdiq olmadik. Yani, hozirgi bosqichda hatto Futbol assotsiatsiyamizda ham o'yinga kafolatlangan chiptalar mavjud emas. Amirliklarning o'zida ham chiptalar hali sotuvga chiqarilmagan.
Shu bois, ayni paytda muxlislarga o'yin chiptasini kafolatlayotgan turistik kompaniyalar, mening fikrimcha, firibgarlik bilan shug'ullanmoqda va O'FAning ushbu kompaniyalarga hech qanday aloqasi yo'q. Hozirgi kunda hech kimda chipta olish kafolati yo'q.
Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon chipta taklif qilayotgan kompaniyalarning bir qismi O'FAga murojaat qilib, assotsiatsiyadan chipta so'rayotganini inobatga olsak, vaziyat yanada g'alatiroq ko'rinadi" - deydi Shyerzod Igambyerdiev.

Bosh murabbiy qanday fikrda?
Yig'in masalasidagi savollarga tyerma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze shunday javob byerdi:
"Bizda Qatar varianti ham bor edi. Biz ertaroq borib, ob-havo va boshqa faktorlarga tezroq ko'nikib olishga qaror qildik. Amirliklarga ham shu uchun borib keldik. Ataylab tyerma jamoalar bo'limi boshlig'i va xavfsizlik bo'yicha mutaxassis bilan birga bordik. Barcha o'ziga kyerakli ma'lumotlarni bilib olish uchun. BAAning o'zida ikkita variantimiz bor edi. Birinchisi Abu-Dabida, ikkinchisi esa Dubayga yaqinroq baza edi va yakunda Dubayga yaqin bo'lgan "Jebel Ali" sport bazasini tanladik. "Jebel Ali"dagi maydonlar cho'l o'rtasida joylashgan va hudud ancha xavfsiz. Sababi baland binolar yo'q. Ushbu hududda biz mashg'ulotlarimizning byerkita olamiz. Hech kim bazaga kira olmaydi va mashg'ulotlarni tashqaridan kuzata olmaydi. Abu-Dabidagi stadionlar esa binolar bilan qamrab olingan. Mehmonxonamizdan "Jebel Ali"gacha bor-yo'g'i besh daqiqalik yo'l. Sharoitlari ham ancha yaxshi. "Jebel Ali" Dubay tashqarisida joylashgan, aniqrog'i shahar markazidan 40 daqiqalik yo'l.
Bizda O'monda yig'in o'tkazish varianti ham bor edi, ammo biz u yerlar bilan yaxshi tanish emasmiz. Supyerkubok bahsi 28 may sanasida bo'lib o'tadi. Legionyerlar esa har xil vaqtda tyerma jamoaga yetib kelishadi. Kimdir ertaroq, kimdir esa kechroq. Turkiya chempionatidagi yigitlar 1 iyun kuni so'nggi turni o'tkazishar ekan" - deya javob byerdi Timur Kapadze.

Xulosa
MTJ raqib hududida tayyorgarlik ko'rishga qaror qildi va ba g'alati qarordek tuyulishi mumkin, ammo O'FA yig'in xavfsiz o'tishiga ishonmoqda va buning uchun barcha kuchini ishga soladi. Amirliklarga qarshi o'yin oldidan BAAda yig'in o'tkazish qanchalik to'g'ri qaror bo'lganini, 5 iyun kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvdan so'ng bilib olamiz.



