Rangnik: "Ronaldu qaytdi, jarohatlanganlar bor"

Mirjalol Normatov
8 apr 2022, 23:47
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Everton"ga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi muammolar haqida gapirdi.

"Ronaldu qaytdi, Shou esa hali ham jarohatda. U yana ikki yoki uch hafta mobaynida safda bo'lmaydi.

Kavani va Varan jarohatlangan. Rafa uchrashuvni o'tkazib yuboradi va shu so'zlarni Maktomini borasida ham ishlatishim mumkin. Tarkibda 4 futbolchining yetishmasligi muammo bo'lishi mumkin", - dedi Rangnik.

"Everton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 9 aprel kuni 16:30da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal