Rangnik Pogbaning qachon safga qaytishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
10 dek 2021, 22:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida gapirdi.

Futbolchi son qismi mushaklaridan jarohat olgandi.

"Pogba bilan ikki kun oldin telefonda gapladim. U o'shanda Dubayda edi. Pol bugun qaytishi kerak. Yakshanba kuni u bilan ilk marta ko'rishaman.

O'shanda 10-15 daqiqa mobaynida Pogba bilan gaplashdim. Holati yaxshilanayotganini aytdi, biroq hali ham eng yaxshi holatida emas ekan. Shu sababli ikki haftalardan keyin umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi. Ha, u uzoq vaqt bizdan uzoqda bo'ldi. Shu sababli unga ko'proq vaqt beraman.

Keyinchalik birinchi navbatda uning jismoniy holatini to'g'rilab olamiz va APL o'yinlariga taktik nuqtayi nazarimizni singdiramiz", - dedi Rangnik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal