Raneri bugun A Seriya tarixiga kiradi

Alisher
14 dek 2019
"Sampdoriya"ning 68 yoshli murabbiyi Klaudio Raneri Italiyadagi asosiy 4ta derbida ishtirok etgan ilk mutaxassisga aylanadi.

Bugun, "Sampdoriya" "Jenoa" bilan bahs yuritadi. Oldinroq, murabbiy "Yuventus" bilan "Torino"ga qarshi o'ynagandi.

"Inter"ga murabbiy bo'lganida esa "Milan"ga qarshi o'ynagan. "Roma" bilan esa "Lacio"ga qarshi bahs olib borgan.

Xabar qilinishicha, Raneri hali Italiyaning bosh derbilarida umuman yutqazmagan: 7ta g'alaba, 1ta durang.



AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport