Ramosning vakillari yozda PSJ rahbariyati bilan uchrashgan

Narzulla Saydullayev
9 dek 2013, 08:44
Real klubi himoyachisi Serxio Ramosning vakillari futbolchiga yangi klub qidirishmoqda, deb xabar bermoqda Le10sport.
Manbaning xabariga ko'ra futbolchining vakillari yozda PSJ rahbariyati bilan uchrashishgan. Ayni paytda Pari Sen-Jermen Ramos faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan klublar orasida birinchi o'rinda turibdi.

Ramos va Florentino Peres o'rtasidagi yomon munosabat bunga sabab bo'lishi mumkin. Prezident futbolchining maoshini oshirmasligini ma'lum qilgandi. Biroq Ramos bu gaplarni rad qilib faoliyatini Realda tugatishini aytgandi.

Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham Ramosni qo'yib yubormoqchi emas.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru