Ramos: "Modrich uchun xursandman, xuddi men eng yaxshi futbolchi deb topilgandek bo'ldim"

Aslanov Jasurbek
25 sen 2018, 10:52
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Yil futbolchisi" sovrinini qo'lga kiritgan Luka Modrich g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Modrich uchun xursandman, xuddi men eng yaxshi futbolchi deb topilgandek bo'ldim. U ajoyib futbolchi va "Real" tarixidagi muhim davr hisoblanadi.

Ronaldu va Messi marosimda ishtirok etgani yaxshi bo'lardi" - deydi himoyachi.

Sovrin uchun "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu ham da'vogarlik qilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal