

"Albatta, mundialga borish men amalga oshirishni istagan katta orzu edi. Bu mening beshinchi jahon chempionatidagi ishtirokim bo'lardi, afsuski, uni uyda tomosha qilishga majburman.
Buni qabul qilish qiyin, lekin hamon ertalab quyosh charaqlaydi. Men o'zimdagi hech narsani - mentalitetimni, ishtiyoqni, fidoyilikni, say-harakatlarni kuniga 24 soat futbol haqida o'ylashimni o'zgartirmayman", – dedi ispaniyalik himoyachi.
Ramos terma jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening qarori bilan Ispaniya terma jamoasining jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmadi.



