Ramos bilan shartnomani bekor qilish “Real” uchun 25 million evroga tushadi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2019, 00:25
“Qirollik klubi”ning YCHLni tark etganidan so'ng ko'plab OAV klub rahbari Florentino Peres hamda jamoa sardori Serxio Ramos o'rtasida nizo kelib chiqqanini haqida ta'kidladi.

 Natijada, futbolchi agar rahbariyat shartnomaga tegishli bo'lgan barcha pulni to'lab bersa, klubdan ketishga tayyorligini bildirgan.

ASʼnashrining xabar berishicha, Ramos bilan kelishuvni muddatidan oldin bekor qilish “Real” uchun 25 million evroga tushadi. 32 yoshli himoyachining “blankos” bilan shartnomasi 2020-yilga qadar mo'ljallangan.

Qayd etish joizki, Serxio Ramos yiliga 12 million evro maosh oladi va bu boradi jamoadagi eng qimmat ikkinchi futbolchi hisoblanadi.

Avvalroq, “Real” sardori faoliyatini Italiyada davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS