Rakitich Turkiyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2017
"Barselona" va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Rakitich Turkiyaga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 saralash uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

"Ivan Rakitichda jarohat aniqlandi va shifokorlar maslahatiga ko'ra u jamoa bilan Turkiyaga uchmaydi" - deyiladi Xorvatiya terma jamoasi rasmiy bayonotida.

Turkiya - Xorvatiya uchrashuvi 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com