Rakitich qishda "Yuventus"ga rad javobini bergan

Mirjalol Normatov
20 mar 2020, 19:10
Qishki transferlar oynasi vaqtida "Barselona" futbolchisi Ivan Rakitich "Yuventus"ga o'tishni istamagan.

"Marca" xabariga ko'ra, "keksa sinora"lar xorvatiyalik uchun 42 mln evrodan voz kechishga tayyor edi. "Ko'k-anorranglilar"ga bu taklif maqul kelgan, ammo futbolchining o'zi Ispaniyada qolishni istagan.

Yozda Rakitich katta ehtimol bilan "Sevilya"ga qaytadi. U 2011-2014 yillar davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca