Rakitich qaysi klubga o'tishni xohlayotganini shama qildi

Alisher
4 dek 2019, 11:30
Ivan Rakitich kelajagi haqida gapirdi.

Xorvatiyalik futbolchi intervyuda Sevilyaga qaytishni orzu qilishini aytdi.

"Hech qachon kelajakda nima sodir bo'lishini bilmaysan. Mening g'oyam "Barselona"da o'ynashni davom ettirish. Ammo tan olamanki, "Ramon Sanches Pisxuan"ga qaytishdan xursand bo'lar edim.

Men har doim "Sevilya" libosini kiyishim yoqimli bo'ladi deb aytganman. Umid qilamanki, men buni qila olaman", - deydi Ivan Rakitich.

Eslatib o'tamiz, Rakitich "Barselona"da o'yin amaliyoti kamligidan norozi. Unga "Atletiko", "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football.ru