Rakitich juda charchadi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2018, 14:35
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich o'zini xolsiz his qilmoqda.

Futbolchi bu haqda Kataloniya klubiga yaqin bo'lgan jurnalist Ashraf Ben Ayadga ma'lum qilgan.

Rakitichning so'zlariga ko'ra, u shu kunlarda uxlashga qiynalyapti. Yarim himoyachi bir hafta oldin terma jamoalar tanaffusida Xorvatiya terma jamoasi bilan Janubiy va Shimoliy Amerikada o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi. Ivan Rakitich Ispaniya va okean orti mamlakatlari orasidagi katta masofa tufayli o'zini horg'in his qilyapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net