
Men bu g'alabadan rohatlandim. Ajoyib kun bo'ldi. "Manchester Yunayted" ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi.
Kelajak? Men hozir boshqa narsalar haqida o'ylamayapman. Chempionatda qolgan o'yinlar haqida bosh qotiryapman. Endi jamoani "Sanderlend"ga qarshi o'yinga tayyorlashim zarur.
Rahbariyat menga: "Sen to'rt o'yinda jamoani boshqarasan" - deb aytgan.
Birinchi o'yinni o'tkazib oldik. Endi uchta bahs qoldi. Men qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman.