Rafael Varan zamonaviy futbolni tanqid qildi

Mirjalol Normatov
16 okt 2024, 21:20
"Real", "Manchester Yunayted" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Rafael Varan zamonaviy futboldagi o'zgarishlar haqida gapirdi.

"Hozirgi futbolda kreativlik, maydondagi daholar kamayib ketdi. Barchasi robotlashib ketgandek, hamma bir shablon ostida o'ynamoqda. Maydonda erkinlik juda kam.

Karlo Anchelotti futbolchilarga ko'p erkinlik beradi, biroq yangi avlod murabbiylarida unday emas. Xatolar qilsa ham futbolchilarning futbolchiligi maydonda qolishi kerak, biroq hozirgi murabbiylarda unday bo'lmayapti", - dedi Fransiya termasining sobiq futbolchisi Varan "L’Equipe" nashriga.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe