Rafael Benites: "Men Ispaniya, Angliya va Italiyada ishlaganman - Fransiya muammo bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2015, 15:49
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites kelajakda Fransiya chempionatida ishlashi mumkinligini ta'kidladi.

"Men bor e'tiborimni "Napoli"dagi ishimga qaratganman. Kelajakda nima bo'lishini hech kim ayta olmaydi. Kamina Ispaniya, Angliya va Italiyada ishlagan. Yangi chempionat men uchun muammo bo'lmaydi. Kerakli vaqtda jiddiy klubdan yaxshi taklif olsam, o'ylab ko'rishim mumkin" - deydi Benites.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru