Rafael Balasanyan: “Dinamo” oxirigacha kurashishda davom etadi”

Narzulla Saydullayev
20 sen 2019
“Dinamo” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayzievning sog'lig'i yomonlashgani tufayli, uchrashuvdan keyin “Dinamo” katta murabbiyi Rafael Balasanyan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Yigitlar imkonqadar bor kuch va imkoniyatlarini sarflab, maydonda borlarini berishdi. Bu borada ularga hech qanday etiroz yo'q. Afsuski, biz mahorat bobida “Andijon” jamoasiga yutqazdik.

- Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin bu o'yinda qanday rejalar qilingandi?

- O'yinni hujumkor boshlab, har qanday holatda ham birinchi golni urishimiz kerak edi. Himoyada bexato o'ynab, tartibli o'yin bilan hujumlarni yakunlashimiz lozim edi. Afsuski, rejalarimiz amalga oshmadi.

- Ketma-ket mag'lubiyatlar, oldinda esa 6 ta tur qoldi. Mavsum yakuni sari jamoaning holati qiyinlashmoqda...

- Umid qilamanki, biz Superligada qolishni uddalaymiz. O'ylaymanki, ligada qolish yoki qolmaslik birovning emas, o'z qo'limizda bo'lib turibdi. Shunday ekan, oxirigacha kurashishda davom etamiz. Oldinda muhim bahslar bor, biz oxirigacha kurashishda davom etamiz.


Usmon Ibodov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz