Qozog'istonda legionerlar limiti bekor qilindi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2024, 23:36
Ammo bitta shart qolmoqda.

Qozog'iston Futbol Federatsiyasi xorijlik o'yinchilar uchun cheklov bekor qilinganini ma'lum qildi. Endi Qozog'iston Premer-ligasi o'yinlarida cheksiz miqdordagi xorijliklar maydonga tushishi mumkin.

Lekin hali ham bitta shart qolmoqda. Jamoalar qaydnomasida 13 nafar qozog'istonlik futbol tarbiyalanuvchisi bo'lishi kerak.

QPL klublari o'tgan mavsum bir vaqtning o'zida 7 nafar xorijlik o'yinchini maydonga tushirishi mumkin edi, bunda mavsum uchun qaydnomada belgilangan limit 8 kishilik edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Zakon.kz