Qozog'iston Kubogi. Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov jamoasi g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
17 may 2023, 22:37
"Ordabasi" hamda "Qiziljar" jamoalar o'rtasida Qozog'iston Kubogi chorak finalining dastlabki o'yini bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda "Ordabasi" 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Chimkent shahri jamoasi sharafini himoya qilayotgan ikki o'zbekistonlik (Bobir Abdixoliqov va Shahboz Umarov)dan biri uchrashuvda to'liq ishtirok etdi, Shahboz Umarov zaxirada qoldi.


"Ordabasi" - "Qiziljar" 2:0

Gollar: Sadovski 74, Tagibergen 77.

"Ordabasi": Seysen, Abdixoliqov, Astanov, Erlanov, Jorjino, Maliy, Mboj, Petrovich, Suyumbaev, Tagibergen, Vasilev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia