Qozog'iston chempionati 1 iyuldan oldin boshlanmasligi ham mumkin

Alisher
22 may 2020, 13:37
Qozog'iston Premer-ligasi 1 iyuldan oldin boshlanmasligi mumkin.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Bunday qarorni mamlakat bosh sanitar vrachi Ayjan Esmagambetova qabul qildi.

Qozog'iston professional futbol ligasi mavsumni iyun oyida davom ettirmoqchi edi, ammo tegishli idoralar bunga ruxsat bermadi.

Kecha klublar direktorlari o'rtasidagi videokonferenciya tashkil etildi va unda 2019/20 yilgi mavsum muhokama qilindi. Qayd etish kerakki, Premer-liganing barcha klublari mashg'ulotlarni boshlab yuborishgan, ammo koronavirus infekciyasining tarqalishini oldini olish maqsadida nazorat o'yinlarini tashkil eta olishmayapti.

Qozog'iston chempionatining qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi 


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif