Qozog'iston chempionatining qachon davom ettirilishi ma'lum bo'ldi

Alisher
20 may 2020, 12:12
Qozog'istonda futbol mavsumining qachondan davom etishi ma'lum bo'ldi.

Qozog'iston professional futbol ligasi rahbariyati Premer-liganing 3-tur o'yinlarini iyun oyi boshi (6-7 iyun)da o'tkazishmoqchi.

Ammo, ushbu sanalar Sport va sanat vazirligining mamlakatning bosh sanitar vrachi bilan maslahatlashuvidan so'ng rasmiy ravishda e'lon qilinadi.

Qayd etish kerakki, mavsumning qolgan barcha o'yinlari bo'sh tribunalar ostida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, chempionat pauzasiga qadar "Astana" klubi jadvalda yetakchilik qilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Vesti.kz