Qosimovning goli AGMKga "Sharja" ustidan g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2019, 12:33
AGMK Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida uchinchi nazorat o'yinini Sharja shahrining "Sharja" jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Hamyurtimiz Otabek Shukurov to'p suradigan jamoaga qarshi uchrashuvda AGMK 1:0 hisobida g'alaba qozondi. G'alaba keltirgan golga Mirjamol Qosimov mualliflik qildi.

Bunga qadar AGMK "Shabab Al Ahli" (1:0) va "Al Dafra" (4:1) klublarini ham mag'lub etgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати