Qosimov Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi tarkibni e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2013, 14:39
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilarning yakuniy ro'yxatini e'lon qildi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Xitoyga qarshi o'yinga jo'nab ketish oldidan terma jamoaga jami 23 nafar futbolchini jalb etgan. Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoa Toshkentdagi ikki kunlik mashg'ulotlardan so'ng 4 iyun kuni Xitoyga uchib ketadi. Xabaringiz bor, Qosimov shogirdlari 6 iyun kuni Xitoyning Xaxxot shahrida Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
 
Xitoyga qarshi uchrashuvdan so'ng Qosimov shogirdlari JCH-2014 saralashi 9 turidan o'rin olgan uchrashuvda 11 iyun kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvda ishtirok etish uchun 8 iyun kuni Xitoydan Janubiy Koreya poytaxti Seulga yo'l oladi.
 
O'zbekiston milliy terma jamoasining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlari uchun chaqirilgan futbolchilari ro'yxati:
 
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (Bunyodkor)
Murodjon Zuhurov (Bunyodkor)
Sardor Qobuljonov (Buxoro)
 
Himoyachilar:
Shoxruh Gadoev (Nasaf)
Vitaliy Denisov (Lokomotiv Moskva)
Artem Filiposyan (Bunyodkor)
Akmal Shorahmedov (Bunyodkor)
Shavkat Mullajonov (Liaoning Vofin)
Anzur Ismoilov (Changchun Yatay)
Islom To'xtaxo'jaev(Lokomotiv)
Islom Inomov(Lokomotiv)
 
Yarim himoyachilar:
Oleg Zoteev (Bunyodkor)
Jasur Hasanov (Bunyodkor)
Fozil Musaev (Bunyodkor)
Server Jeparov (Seongnam Ilva Chunma)
Aziz Haydarov (Ash Shabob Dubay)
Odil Ahmedov (Anji)
Temur Kapadze (Aktobe)
Sanjar Tursunov(Lokomotiv)
 
Hujumchilar:
Ulug'bek Baqoev (Irtish)
Aleksandr Geynrix (Aktobe)
Farhod Tojiev (Lokomotiv)
Bahodir Nasimov (Neftchi Baku)

Narzulla SaydullayevMuallif