“Qo'qon-1912” yangi saytga ega bo'ladi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2015, 07:39
So'nggi yillarda o'zbek futbolining vatani sanalmish – Qo'qonda ham futbol professional darajada o'sishga erishdi.

Ayni damda “Qo'qon-1912” o'zini-o'zi mablag' bilan taminlab kelayotgan Oliy ligadagi yagona klub sanaladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.  Jamoa rahbariyati besh yillik dastur asosida ish olib borishmoqda. Unga ko'ra, “Qo'qon-1912” bir necha yildan keyin Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etishni maqsad qilgan.

Qo'qonlik futbol muxlislari uchun quvonchli xabar. Yaqin orada “Qo'qon-1912” jamoasining yangi ko'rinishdagi rasmiy sayti ishga tushadi. Ayni damda texnik ishlar yakuniga etkazilmoqda. O'ylaymizki, yangi saytimiz futbol muxlislariga manzur bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz