"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yinida 33 yillik natija takrorlandi

Alisher Ostonov
9 noya 2025, 15:23
Superligada jon saqlash uchun kurashayotgan jamoaga har bir ochkoning qadri baland hisoblanadi.

"Qo'qon-1912" bu turda o'z maydonida "Paxtakor" bilan durang qayd etdi (0:0). "Sherlar" ketma-ket 3 ta o'yindan buyon Qo'qonda g'alaba qozona olayotgani yo'q. Poytaxt klubi so'nggi bor 2020 yilgi mavsumda raqibini safarda enggan. 

Yana bir qiziq fakt shuki, jamoalarning mazkur 0:0 natijasi so'nggi bor Qo'qonda 1992 yilgi mavsumda qayd etilgan edi. Keyingi barcha duranglar gollar ishtirokida bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia