Qo'qon-1912: Nasafga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2017, 07:50
Qo'qon-1912 a'zolari ramazon hayit bayramini o'tkazib, yana Chirchiq shahrida yig'ilishdi.

Futbolchilar 30 iyun kuni bo'lib o'tadigan  “Nasaf” jamoasiga qarshi O'zbekiston kubogi chorak final dastlabki o'yiniga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Bugun ham mashg'ulotlar Chirchiq shahrida davom ettiriladi. 29 iyun kuni erta tongda jamoamiz Qarshi shahri tomon yo'lga chiqishadi.

O'zbekiston kubogi 1/4 finali doirasidagi “Nasaf”-“Qo'qon-1912” jamoalarining dastlabki o'yini, 30 iyun kuni soat 19-30 da Qarshidagi Markaziy stadionda start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz