"Qo'qon-1912" jamoasining navbatdagi yig'ini Toshkent shahrida bo'ladi

Alisher
6 fev 2022, 11:50
"Farg'ona viloyati xokimi kubogi-2022" musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritgan "Qo'qon-1912" jamoasi a'zolari 2 kunlik qisqa tatilga chiqishdi.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlariga 2 kun oila davrasida hordiq chiqarish imkonini taqdim qildi. Jamoa a'zolari 8 fevral kunidan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadilar.  Endigi mashg'ulotlar Toshkent shahrida davom ettiriladi.

"Xokim kubogi-2022" musobaqasi murabbiylar shtabiga ko'plab futbolchilarni maydonda ko'rib olish, shuningdek jamoaviy o'yinni tashkil qilishda katta yordam berdi. 

Toshkentdagi yig'inda murabbiylar jamoaning yangi mavsumdagi tarkibini to'liq aniqlab oladilar. Yig'in davomida bir nechta nazorat o'yinlari o'tkazish rejalashtirilgan. Hozircha Toshkentdagi yig'in qancha muddat davom etishi aniq emas. O'zbekiston Superligasiga tashlanadigan qur'a natijalariga qarab bu yig'in qancha muddat davom ettirilishi ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати