"Qo'qon-1912" 15 yildan so'ng Samarqandda g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2015, 21:38
Oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912" klubi 1-turni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazdi.
Bahs taqdirini mehmonlar vakili Orif Mamajonovning urgan goli hal qildi  0:1.

“Dinamo” o'z uyida o'tkazgan 8ta o'yinning 5tasida g'olib chiqqan. 1993 yil ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs durang natijasi bilan tugagan. “Qo'qon-1912” bugungi kungacha safarda ushbu raqibni faqat bir marta (2000 yil) taslim qilgan. Demak 15 yildan so'ng vodiy klubi Samarqandda "Dinamo"ni mag'lub etdi.

Samarqandda o'tgan barcha uchrashuvlar:

14.03.2015 Dinamo - Qo'qon-1912 0:1
28.05.2003 Dinamo - Qo'qon-1912 2:1
19.10.2002 Dinamo - Qo'qon-1912 2:1
19.11.2000 Dinamo - Qo'qon-1912 2:3
01.08.1999 Dinamo - Qo'qon-1912 6:0
09.09.1995 Dinamo - Qo'qon-1912 2:1
09.10.1993 Dinamo - Qo'qon-1912 1:1
20.05.1992 Dinamo - Qo'qon-1912 2:1

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia