

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, darvozabon Humoyunshoh Sayyotovga vodiy va Toshkent klublaridan qiziqish mavjud. Sayyotov bu mavsum Superligada 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Yarim himoyachi Shahzod Rahmatullaevga esa "So'g'diyona" va vodiy klublari e'tibor qaratishgan. Rahmatullaev bu mavsum Superliga va Kubokda jami 26 tp o'yinda ishtirok etib 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



