“Qizilqum” to'rt yillik tanaffusdan keyin o'z maydonida “Neftchi”ni engdi

21 apr 2018, 04:09
Superliganing 7-turida “Qizilqum” futbochlilari Navoiyda “Neftchi”dan (1:0) ustun kelishdi.

Hamidjon Aktamov boshchiligidagi navoiyliklar to'rt yillik tanaffusdan keyin nihoyat o'z uylarida farg'onaliklarni mag'lub etishdi. “Qizilqum” futbochlilari so'nggi marta 2014 yilning avgustida Navoiyda “Neftchi”ni taslim (2:0) etishgandi. Shundan keyin mazkur jamoalarning Navoyida o'tgan bellashuvlarida tomonlar murosa (2015 yil- 0:0, 2016 yil -0:0, 2017 yil -2:2) ko'chasini tanlashgandi.

Umuman ushbu turda “Qizilqum” Superligada o'z maydonida ilk g'alabani tantana qildi. Bungacha Navoiy viloyatining bosh jamoasi joriy mavsumda o'z uyida o'tkazgan to'rtta bellashuvning (“Lokomotiv”, “Qo'qon-1912”, “Nasaf” va “Bunyodkor”) barchasida mag'lub bo'lgandi. Shuningdek, navoiyliklar Superliga bahslarida ilk marta o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.

“Qizilqum” matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.