"Qizilqum" safida narxi 200 ming evro bo'lgan koreyalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
9 fev 2024, 11:10
Navoiyning "Qizilqum" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoaning Antaliyadagi yig'inida koreyalik futbolchi Kim Chan Vu ham ishtirok etmoqda

Ushbu futbolchi 1999 yil 11 iyun Seul shahrida tavallud topgan. So'nggi to'p tepgan jamoasi Qozog'istonning “Ekibastuz” klubi bo'lib, “Qizilqum”da ko'rikdan o'tmoqda. Chan Vu chap qanot yarim himoyachisi hisoblanadi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Kim Chan Vu ayni paytda 200 ming evroga baholanmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати