“Qizilqum”: muxlislarni stadionga chorlaymiz!

2 noya 2017, 22:17
Oliy liganing 27-turida sevimli jamoamiz o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.

Mavsum yakunlanishiga to'rtta tur qoldi. Jamoamizning turnir jadvalidagi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, qolgan  uchrashuvlar “Qizilqum” uchun muhim ahamiyatga ega.  Shu sabab jamoamizning ashaddiy ishqibozlarini, navoiylik muxlislarni ushbu bellashuvlarda sevimli jamoamizni  bevosita stadiondan  qo'llab-qo'vvatlashga chaqiramiz. Zero muxlislarning daldasi, ishonchi futbolchilarimizga qo'shimcha ruh bag'ishlashiga shubha yo'q. Qolaversa, Yoshlar sport majmuasida o'tadigan so'nggi o'yinlarga kirish  BEPUL.

Barcha muxlislarni 4 noyabr, shanba kuni “Qizilqum”-“Dinamo” uchrashuvida kutamiz. O'yin soat 17:00 da boshlanadi.

Shahriddin Ishnazarov,
“Qizilqum” FK ishqibozlar klubi yetakchisi.


O'xshash yangiliklar


Manba: www.fcqizilqum.uz