

Oxirgi turda navoiyliklar kutilmaganda o'z maydonida Buxoro vakillariga imkoniyatni boy berishgandi. Shunga qaramay, muxlislarning Qizilqum futbolchilaridan umidlari juda katta.
O'z maydonida har bir uchrashuvda sevimli jamoasi joniga oro kirayotgan Qizilqum PFK Muxlislar klubi a'zolari Qarshida ham konchilarni qo'llab-quvvatlashga shay.
- Sevimli jamoamiz a'zolarining xoh uyda, xoh safarda bo'lsin chiroyli futbol namoyish etishiga ishonamiz, - deydi Qizilqum PFK Muxlislar klubi yetakchilaridan biri Jamshid Bekmurodov. - Hamshaharlarimiz Qarshiga faqat ijobiy natija uchun yo'l olishiga ishonamiz. Shu bois, ularga mehmonda stadionning o'zidan turib dalda bo'lishga harakat qilamiz. Qolaversa, raqib jamoa Nasaf futbol klubi muxlislari bilan ham do'stona aloqalarimiz yo'lga qo'yilgan. Futbol nafaqat sport, balki u o'z atrofiga hamfikr va yakdil insonlarni birlashtiruvchi vosita ekanligi bilan ham juda ahamiyatlidir.
Murojaat uchun telefon: +998913333773. Muxlislar klubi yetakchisi - Shahriddin Ishnazarov.



